Peres Zidanga yangi shartnoma tayyorlab qo‘ydi


"Real" Prezidenti Florentino Peres La Liga joriy mavsumida jamoa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan yangi kelishuv imzolashga tayyor.

Jurnalist Eduardo Inda so‘zlariga ko‘ra, "Qirollik klubi" rahbari frantsiyalik mutaxassisning vakolatlarini kengaytirib, unga cheksiz shartnoma taklif qilmoqchi.

Peresga ko‘ra, Zidan "Real" uchun "Manchester Yunayted"dagi Aleks Fergyusondek uzoq muddatli murabbiy bo‘la oladi.

Ma’lumot o‘rnida Zidan qo‘li ostida "Real" 11 ta unvon, shu jumladan uch marta Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.tribuna.com


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.