Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Ramos: "Kurtua - ajoyib darvozabon, ammo Navasning ajoyib mavsumlarini unutmaslik kerak"


«Real» sardori Serxio Ramos Primeraning 3-turida «Leganes»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz bir hafta mobaynida raqibni sinchiklab o'rgandik. 90 daqiqa davomida o'yinda yaqqol ustunlik qilib bo'lmaydi, ammo bizning muvaffaqiyatimiz hujumlarni yaxshi yakunlashda bo'ldi.

Kurtua — ajoyib darvozabon, ammo biz Keylor Navas bilan ham ajoyib mavsumlar o'tkazganimizni unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, Chempionlar ligasida. Biz tarkibni kuchaytirdik, murabbiy esa tanlovda qiynalmoqda, bu esa yaxshi alomat.

VAR tizimi? Bu tizim gollarni nishonlashga qo'ymaydi, ammo men bu tizimni yoqlayman. Bazida u yordam beradi, bazida esa gollardan ayiradi va raqiblarga yordam beradi. Lekin bu tizim futbolda haqqoniylikni taminlashga xizmat qiladi», — deya Ramosning so'zlarini keltirgan Marca nashri.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Serxio Ramos, Keylor Navas, Tibo Kurtua
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..