Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Yuventus" hujumchisi Ronaldu Modrichni tabrikladi


"Real Madrid" yarimhimoyachisi Luka Modrich "Oltin to'p" uchun davogar futbolchilar uchligiga kirganiga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, undan tashqari yil futbolchisi bo'lish uchun "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh ham davogarlik qilmoqda.

"Oltin to'p" uchun uch nafar nomzoddan biri ekanimdan xursandman. Ko'ramiz, kim g'alaba qozonarkin. Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlarimiz yaxshi. Shaxsiy mukofotlar ham muhim, biroq jamoaviy sovrinlar – eng ahamiyatlisi.

UEFA talqini bo'yicha eng yaxshi o'yinchi deb topilganimdan so'ng Ronaldu bilan gaplashdik. U meni tabriklash uchun xat-xabar yubordi va tez orada ko'rishishimizga umid qilayotganini aytdi. Aytib o'tganimdek, u bilan oramiz yaxshi va odamlar nima deyishidan qati nazar, bu iliq munosabat saqlanib qoladi", - degan Modrichning so'zlaridan iqtibos keltirdi "L’Equipe" nashri.


Eslatib o'tamiz, portugaliyalik yulduz UEFAning yil laureatlarini taqdirlash marosimiga kelmagan edi. Keyinchalik u mukofotning Luka Modrichga berilishidan xabardor bo'lgani uchun shunday yo'l tutgani xabar qilingandi.

Modrich o'tgan mavsumda "Real Madrid" bilan ECHLda g'olib chiqib, terma jamoa safida JCh-2018 finaliga qadar etib bordi. Mundialning hal qiluvchi bahsida xorvatlar Fransiya termasiga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Luka ushbu JCHning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Luka Modrich, Yuventus, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.