Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Messi yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida qatnashadi


“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan o'tkaziladigan yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

31 yoshli hujumchi ushbu marosimda uchta asosiy davogarlar qatoriga kiritilmagan. “Real” va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich, “Liverpul” va Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Saloh, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakuniy ro'yxatdan joy olishgan.

Messi 2006 yildan beri ilk marta kuchli uchlik safidan joy olmadi. Ammo u yilning ramziy terma jamoasi safidan joy olishga davogar. SHuningdek, uning JCH-2018 da Nigeriya termasi darvozasiga kiritgan goli “eng yaxshi gol” nominaciyasiga davogar bo'lib turibdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi 24 sentyabr kuni Londonda malum qilinadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: FIFA, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich, Muhammad Saloh
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Marselo | "Levante"ga qarshi bahsda jamoa safida eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. Qolaversa u "Real"ning golsiz seriasiga barham berdi.