Zidan Serxio Ramos faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa sardori Serxio Ramosning kelajagi haqida gapirdi.

34 yoshli himoyachining "Real" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

"Serxio "Real"da qoladi. Men bunga umuman shubha qilmayman. Ramos - jamoa etakchisi, uni bu erda umrbod sevishadi", - deydi franciyalik mutaxassis.

Oldinroq, Ramosning xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqayotgani va "keksa sinora" rahbariyati ispaniyalik futbolchiga shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar yangragan edi.

Serxio joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.