“Real”da porlagan futbolchi 40 yoshigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘ldi


Portugaliyalik tajribali himoyachi Pepe “Portu” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilning yozigacha uzaytirdi.

Shu tariqa, Pepe 40 yoshigacha professional futbolchi sifatida faoliyatini kafolatlab qo‘ydi.

Faoliyatining yulduzli davrlarini “Real”da o‘tkazgan Pepe “Portu” safiga 2019 yilda “Beshiktosh”dan  kelib qo‘shilgan edi. U 2004-2007 yillarda  ham shu jamoada to‘p tepgan. Umumiy hisobda Pepe “Portu” libosida 149 ta uchrashuv o‘tkazib, 11ta gol urgan va olti marta golli pas uzatgan.

Manba: www.sport.es


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.