"Real" va Ramos yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi


"Real" himoyachisi Serxio Ramos klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Manbaning xabariga ko'ra, yangi shartnoma borasidagi ushbu qaror Madrid klubi uchun maqsad hisoblanadi.

Qayd etish kerakki, muzokaralar pozitiv baholanmoqda. Ramosning o'zi "Real"da 2024 yilning yoziga qadar qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli ispaniyalik CHempionlar Ligasi doirasidagi "Inter" (3:2)ga qarshi o'yinda madridliklar safidagi 100-golini urdi.

Ramos joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.