Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Lopetegi ehtimoliy istefosi haqidagi savolga javob qaytardi


"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Alaves"dan uchralgan mag'lubiyat bo'yicha fikrlarini bildirdi (0:1).

"Albatta, biz qattiq xafamiz. G'alaba qozonishni istagandik. O'yinni yaxshi boshlagandik, bizda yaxshi imkoniyatlar bo'lgandi. Ammo vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Yaxshiroq natijaga munosib edik. Mag'lubiyatga emas.

Omadimiz kelmadi. Yana ikki futbolchimiz jarohat oldi. Biz o'zimizga kelib olishimiz va g'alabali yo'lga qaytishimiz kerak. Biz tarkibda rotaTsiyalar qila olmayapmiz, chunki ko'p futbolchilar jarohat olishgan.

Istefomi? Murabbiy bu haqda o'ylamaydi. Salbiy natijalarga qaramasdan, biz hali ham kuchli uchlikdamiz («Real» va «Barselona» 14 ochkodan to'plagan holda birinchi va ikkinchi o'rinlarda, ammo kataloniyaliklarda bir zaxira o'yini mavjud), bu ijobiy holat.

Asosiy futbolchilar sog'ayib, tarkibga qaytishini kutishimiz kerak. Beyl va Benzemaning jarohat olishi muammolarimizni ko'paytirdi.

Lekin oldinda FIFA kunlari va bizda vaqt bor.

Murabbiy hamisha futbolchilardan yaxshi o'yin kutadi. Menda futbolchilar bor kuchlari bilan harakatlanayotganlariga shubha yo'q. Birinchi bo'limda biz yaxshi o'ynadik. Balki noxush seriya futbolchilarga ruhiy bosim o'tkazayotgandir.

Bazida barchasi yaxshi ketadi, bazida yo'q. Hali gollar ham bo'ladi, g'alabalar ham. Biz hozir qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz. Bunday natijalar uchun birinchi navbatda murabbiy javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.

Jamoa 3 oy davomida omadsiz o'ynamoqda. Muxlislarimiz xafa, ammo istiqbolda barchasi yaxshi bo'lishi mumkin. Hozir hali oktabrdamiz va biz etakchilar qatoridamiz. Vaziyatni imkon qadar tezroq o'nglashga harakat qilamiz", – deya Lopetegining so'zlarini keltirgan "Marca".


"Alaves" ushbu o'yindagi g'alabadan keyin ochkolar sonini 14taga etkazgan va turnir jadvalida "Real"ni quvib etgan, faqat to'plar nisbati tufayli uchinchi o'rinda joylashgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.