“Real” Regilonni nima sababdan sotib yuborgani malum bo'ldi


Ushbu yozgi transferlarda Regilon “Tottenxem”ga sotilgandi.

“Real” nima sababdan yozgi transferlar vaqtida jamoa himoyachisi Serxio Regilonni “Tottenxem”ga sotib yuborgani oydinlashdi. El Confidencial nashriga ko'ra, Regilon Lyuka Zidan yaxshi munosabatda bo'lmagan. Serxioning Lyuka bilan nizosi sabab himoyachining jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan ham aloqasi buzilgan. SHundan so'ng Regilon London klubiga sotib yuborilgan.

Qayd etish joiz, Serxioning izidan “Real” Lyuka Zidan bilan xayrlashgan. Kichik Zidan erkin agent sifatida “Rayo Valekano” klubiga yo'l olgan.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.