Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real"ning sobiq bosh murabbiyi, ayni damda Eron termasi ustozi Karlush Keyrush Madrid jamoasida ishlash qiyinchiligi haqida gapirdi.

"Ispaniya Superkubogidan keyin Fernando Morentesga: "Seshanbada ko'rishamiz" dedim. U esa menga: "Seshanba? Nima bilmaysizmi, klub meni "Monako"ga transfer qildi", degandi.

Bu haqda hech nimani bilmasdim, mayli. Menda Makelele bor edi. Ivan Elgerani markazga qo'yishga qaror qildim, u bunga juda ham yaxshi edi. Biroq shundan keyin Makelele "CHelsi"ga o'tib kedi, chunki uning ismi yozilgan liboslar etarli darajada sotilmadi. U ketganidan keyin Bekxem markazga o'tdi. Devid qanot futbolchisi edi. Ammo u "Real"ga o'tganida uning joyida Luish Figu o'ynardi", - dedi Keyrush.


Portugaliyalik murabbiy 2003/04 yilgi mavsumda "Real"ni boshqargan.

Manba: www.championat.asia




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.