Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Oltin to'p" so'rovnomasida soxta ishtirokchilar ovoz bergani aniqlandi


France Football nashri "Oltin to'p"ni kim olishi haqida muxlislar orasida so'rovnoma o'tkazgan edi.

Uning dastlabki kunidayoq 700 mingdan ortiq o'quvchi ovoz berdi va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 48% ovoz to'plab, birinchi bo'ldi. Shundan so'ng, "France Football" o'z saytidan so'rovnomani olib tashladi.

Bugun nashr vakillari bunga izoh berishdi.

"Zararli dasturiy taminot orqali minglab soxta akkauntlar yaratilgan va shular orqali so'rovnomada ovoz berilgan. Shundan so'ng, so'rovnomani to'xtatishga majbur bo'ldik", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, bu so'rovnoma g'olibni aniqlash jarayoniga hech qanday tasir ko'rsatmaydi. Chunki, "Oltin to'p" egasi maxsus jyuri va mustaqil jurnalistlar tomonidan aniqlanadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Oltin To'p
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.