Karvaxal "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi


Qanot himoyachi Dani Karvaxal Madridning "Real" klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

28 yoshli futbolchi "galaktikos" bilan 2024 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolaydi. Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Karvaxal "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubning bosh jamoasida 2013 yildan beri o'ynab keladi.

Himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi. "Real" 7 o'yindan so'ng 16 ochko jamg'argan holda, La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.