-

Konte: “Real” va “Inter” o'rtasidagi farqni ko'rdik

“Inter” ustozi ECHL 4-turi doiraisida “Real”dan qabul qilingan mag'lubiyatga (0:2) izoh berdi.

“Har doim “Real” kabi katta klublarga qarshi o'ynash juda qiyin bo'lgan. Gol o'tkazib yana kamchilikda qolsang, bu etib bo'lmas cho'qqiga aylanadi. Ular va o'zimizning o'rtamizdagi farqni ko'rdik deb o'ylayman. “Real” ushbu musobaqada o'ynash va g'alaba qozonishga ko'nikib qolgan. Bu mag'lubiyat bizni sindirmasligi kerak. U bizga to'g'ri yo'lni ko'rsatishi lozim. Madridliklarga qarshi 2 ta bahsda ularga juda ko'p sovg'alar qildik. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlarda bu kabi xatolarni qilmaslik shart”, — deydi Konte.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.