-

Isko “Sevilya”ga o'tishdan bosh tortdi. Unga "Arsenal"dan qiziqish bor

Andalusiya klubi “Real Madrid” futbolchisiga taklif bilan chiqqan.

“Real” yarim himoyachisi Isko “Sevilya” klubidan tushgan taklifni rad qildi. Andalusiyaliklar Iskoni qishki transferlar vaqtida ijaraga olishni xohlagandi. Isko “Sevilya”ga o'tganda uning maoshi ham kamaygan bo'lardi. SHu boisdan futbolchi bu taklifni rad etgan.

Ma'lumot uchun, Isko Alarkon "Arsenal"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. O'z o'rnida futbolchi ham "qirollik klubi"dan ketmoqchi va yetarli o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagida. 

Isko “Sevilya”ga o'tishdan bosh tortdi. Unga "Arsenal"dan qiziqish bor

"Arsenal"da Iskoni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rishmoqda. Iskoni shuningdek "Everton" ham diqqatlik bilan kuzatib borayotgani ham sir emas.

Ispaniyalik futbolchi 2013 yildan beri "galatikos"da o'ynaydi. Xavbekning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Isko joriy mavsum “Real Madrid” safida atigi 7 ta o'yinda qatnashdi va birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.