Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Serxio Ramos: “Barselona”ga qiyinchlik tug'dirishga urinib ko'ramiz”


“Real” sardori Serxio Ramos “Atletiko” (3:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin La Ligada chempionlik poygasida jamoasi “Barselona”ga etib olishga kuchi etishini aytib o'tdi.

“CHempionlik uchun kurash davom etadi. Hali oldinda ko'plab ochkolar uchun bahslar bor. Har qanday klub keraksiz joyda ochko yo'qotishi mumkin. Biz birinchi davrada bunga guvoh bo'ldik.

Bizda ozgina bo'lsada imkon bor ekan, chempionlik uchun kurashishga, “Barselona”ga qiyinchlik tug'dirishga harakat qilib ko'ramiz. Lekin ular bizdan yaxshigina farq bilan oldinga o'tib ketishganini ham aytib o'tish joiz.

“Real” “Atletiko”ga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Nafaqat hujumda, himoyada ham raqibga deyarli imkon bermadik. O'ylashimcha, bu bahsdagi natija adolatli bo'ldi”, - deydi Ramos.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, La Liga, Serxio Ramos, Atletiko
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.