Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kasilyas: “CHL finalida “Real”- “Barselona” uchrashuviga tayyor emasmiz”


“Portu” posboni Iker Kasilyas “Real” va “Barselona” klublari o'rtasidagi el klassikoning ahamiyati haqida gapirdi.

“Ispaniyadagi “klassiko”da sen futbolchi sifatida katta o'sishga erishasan. Bu Er yuzida futbol klublari o'rtasida eng yorqin va qiziqarli to'qnashuv. Albatta, dunyoda derbilar ko'p. Ammo Madrid va Barselona klublari bahsida hammasi yuqori saviyada bo'ladi va unda har narsa sodir bo'lishi mumkin. CHunki so'nggi yillarda ushbu klublarda dunyoning eng kuchli futbolchilari to'p tepishdi.

Hozircha ECHL finalida “Real”- “Barselona” qarama-qarshiligini ko'rish nasib etmadi. O'ylashimcha, biz hali bunga tayyor emasmiz. Bu bunga uxshash holatni ko'plab turnirlarda kuzatdik, masalan Libertadores kubogi. Ammo “Real” va “Barselona” o'rtasida ECHL final bahsi juda qattiq to'qnashuvga aylanishi aniq.

ECHL finalida “Real” va “Atletiko” bahsiga guvoh bo'ldik. Ishonaman,ertami kechmi ECHL finalida “Barsa”va “Real” to'qnashuviga guvoh bo'lamiz”, - deya Kasilyasning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, El Klassiko, Barselona, Iker Kasilyas, Portu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.