Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Kalderon: "Real" etakchilari Mourinyuning qaytishini xohlashmadi"


"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon Joze Mourinyu nega "Qirollik klubi"ga qaytmaganini tushuntirib berdi.

"Real" yetakchilari Mourinyuning klubga qaytishini istashmadi. U jamoani tark etganida, "Real"ni muammolar girdobida tashlab ketgan. Qaytganida yana bir muammo qo'shilardi.

Mourinyuning qaytishi "Real" uchun orqaga tashlangan qadar bo'lardi, chunki u jamoani boshqarganda kelishmovchiliklar ko'p bo'lgan.

Mourinyu ko'plab sovrinlar yutgan yaxshi murabbiy, ammo u "Real" etakchilariga yoqmasdi. Qaror qabul qilishda bu narsalar hisobga olingan.

Zidanni qaytishiga keladigan bo'lsak, futbolchilar uni yaxshi ko'rishgan. SHu bilan birga u muxlislarning kumiri. Zidan "Real"da o'ynagan, keyin esa jamoa bilan murabbiy sifatida 3 marta CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi" - deydi Kalderon.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Joze Mourinyu
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl | "Kashima"ga qarshi bahsda uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.