Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


U yangi mavsumni yangi jamoada o‘tkazadimi?

Mavsumni Gollandiyaning "Vitess" klubi safida o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Martin Edegor yozgi transferlar davrida Bundesliga klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli norvegiyalik futbolchiga Leverkuzenning "Bayer" klubi jiddiy qiziqib qolgan. “Dorishunoslar” uni “qirollik klubi”dan bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Edegorga Amsterdamning “Ayaks” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

'Ma’lumot uchun, Martin Edegor joriy mavsum "Vitess" safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: www.sports.uz




Muallif: Zuhriddin |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.