Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Chelsi" va "Real" klublari yarim himoyachi Eden Azar borasida muzokara olib borishmoqda.

Evening Standard tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar futbolchining transferi borasida 2 marta taklif yuborishgan, ammo "Chelsi" har ikkala taklifga rad javobini berdi.

Londonliklar futbolchi uchun 100 million funt sterling so‘rayotgan bo‘lsa,
"Real Madrid" kamroq mablag‘ taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, muzokaralar boshlanganiga 1 oydan oshib qoldi. Azarning o‘zi esa may oyi o‘rtalarida kelajagi borasida bir qarorga kelganini aytib, ammo qaysi jamoaga o‘tayotganini oshkor qilmagandi.

Belgiyalik futbolchi ushbu mavsumda 37ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 15ta golga uzatma berdi. Yevropa ligasi doirasida u 7ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol urmadi.

Manba: www.stadion.uz




Muallif: Zuhriddin |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.