Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eden Azarning “CHelsi” muxlislariga xayrlashuv maktubi


Eden Azar “CHelsi” muxlislari va rahbariyatiga so'nggi maktubini yozdi.

“CHelsi”dagi do'stlarim va oilamga! Siz endi mening “Real”ga o'tganimni bilasiz.

Bolaligimda birinchi golimni urgan vaqtimdan beri shunday jamoada o'ynashni orzu qilganim hech kimga sir emas. Endi esaklublar ham kelishuvga erishdi. Faoliyatimda yangi bosqich boshlayotganimni tushunasiz degan umiddaman.

“CHelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. “CHelsi”ga kelganimda atigi 21 yoshda edim.

Bu erda ham futbolchi ham inson sifatida o'sishga erishdim.

Sizlar mening Belgiya terma jamoasi sardoriga aylanishimda yordam berdingiz. Albatta, jamoa uchun hamshaxsan men uchun ham qiyin davrlar bo'ldi. O'yinimiz chiqmagan vaqtlarda ham, maydonda borimni berishga intildim.

Bularning barchasi esa, albatta, sizlarning takrorlanmas qo'llab-quvvatlashingiz orqali sodir bo'ldi. Bu kurash ruhiyati va xohishi. Bu taslim bo'lmaslikka intilish. Bu “CHelsi” madaniyatining bir qismi.

Jamoadan ketishdan oldin, barchangizga ajoyib do'stona munosabat uchun tashakkurbildirmoqchiman. Ajoyib davrlarni birgalikda o'tkazdik. Mister Abramovich va jamoa rahbariyatiga ikki narsa uchun rahmat aytmoqchiman.

Birinchisi — “CHelsi” o'yinchisi bo'lganim uchun, ikkinchisi esa “Real” azosiga aylanganim uchun. Hammagaomad tilayman, do'stlarim”,—deya yozadi Eden Azar.

Manba: www.championat.asia


Muallif: Zuhriddin
|
Teg: CHelsiReal MadridEden Azar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.