Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Eshitdik-da. Xabib Nurmagomedov qaysi klubning ashaddiy muxlisi ekanligini aytdi


UFCning rossiyalik chempioni Xabib Nurmagomedov o'zining sevimli jamoasi qaysi ekanligini aytib o'tdi.

"Menga "Liverpul" yoqadi. Bolaligimda CHempionlar Ligasining 2005 yilgi "Liverpul" va "Milan" o'rtasidagi final uchrashuvini eslayman. Dog'istondagi plyajda katta ekran bo'lar edi. Minglab odamlar o'yinni tomosha qilish uchun yig'ildilar. "Liverpul" birinchi bo'limda 0:3 hisobida engilayotgan paytida ham ular yutishiga ishonganman. Menga jamoa yoqqan edi. Milan Barosh, Vladimir SHmicer, Yon-Arne Riise, Sami Xyuyupya, Stiven Jerrard... Bu ajoyib jamoa bo'lgan edi.

Hozir ham "Liverpul"da ajoyib jamoa bor. Men "Liverpul" ishtirokidagi barcha CHempionlar Ligasi o'yinlarini ko'raman. Ammo, baribir "Real"ning ashaddiy muxlisiman. Menga APLni ko'rish yoqadi, hattoki pastroq o'rindagi jamoalar o'ynasa ham", - deydi Xabib.


Eshitdik-da. Xabib Nurmagomedov qaysi klubning ashaddiy muxlisi ekanligini aytdi

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Liverpul, Real Madrid, Xabib Nurmagomedov
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!