Eshitdik-da. Zidanga "Inter" futbolchisi kerak


Madridning "Real" klubi "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda. 

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o‘zi Eriksen transferiga qiziqmoqda. Kristian yanvardayoq madridliklar safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Eriksen xizmatiga "Arsenal" qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Manba: www.sport.es


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.