Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Yaponiyalik futbolchi Takefusa Kubo boshqa klubga o'tishi mumkin.

"Real" "yaponiyalik Messi"ni ijaraga berishni rejalashtiryapti va bu orqali Kubo o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

Kubo bungacha "Tokio" sharafini himoya qilgan. Futbochli ushbu mavsum 14ta o'yinda qatnashib, 4ta gol urishga erishgan. U 9 iyunda Yaponiya terma jamoasining Salvador (2:0) ga qarshi o'yinida debyut qildi.

Xabarlarga ko'ra, "Real" Kubo bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning maoshi esa yiliga 1,2 million evroni tashkil etadi.

Yaponiyalik "Messi" 2011 yildan 2015 yilgacha "Real"ning ashaddiy raqibi "Barselona" yoshlar jamoasida to'p tepgan.

Manba: www.championat.asia




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.