-

"Liverpul" va "PSJ" "Real" futbolchisi uchun kurashni boshladi

Madridning "Real" futbolchisi Markos Asensioga Yevropaning ikki yetakchi klubi qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" va "PSJ" klublari futbolchini yanvar oyida o‘z saflariga qo‘shib olib borasida ishlarni boshlab yuborganligi haqida Todofichajes nashri xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, "Real Madrid" yangi transferlar uchun mablag‘ ortirish maqsadida Asensioni sotib yuborishi mumkin. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining transferini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsum Asensio madridliklar safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Manba: www.stadion.uz


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.