Ronaldu "Golden Foot-2020" sovrinini "ko‘z-ko‘z" qildi (+foto)


Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Golden Foot" sovrini haqida fikr bildirdi.

"Men Golden Foot mukofotini qo‘lga kiritganimdan va o‘zimni Monakodagi chempionat taxtasida barcha zamonlarning eng buyuk afsonalari qatorida abadiylashtirganimdan faxrlanaman!

Men chin dildan xursandman va butun dunyo muxlislariga menga ovoz bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman ", - deb post qoldirdi Ronaldu o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Ronaldu "Golden Foot-2020" sovrinini "ko‘z-ko‘z" qildi (+foto)

Mukofot muxlislar o‘rtasida ovoz berish asosida futbol rivojiga katta hissa qo‘shgan futbolchilarga topshiriladi.

Ushbu sovrin uchun Lionel Messi ("Barselona"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Serxio Ramos ("Real"), Arturo Vidal ("Inter"), Jerar Pike ("Barselona"), Mohamed Salah ( "Liverpul"), Neymar (PSJ), Serxio Aguyero ("Manchester Siti") va Jorjio Kellini ("Yuventus") kurash olib bordi.

Manba: www.std.uz


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.