Kuman "Real" darvozasiga penalti belgilamagan hakamni tanqid qildi


"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liganing 14-turidan o‘rin olgan "Eybar" – "Real Madrid" (1:3) bahsida madridliklar darvozasiga penalti belgilamagan hakam Xose Munuerani tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 81-daqiqasida – hisob 1:2 bo‘lib turgan paytda to‘p "Real Madrid" arima maydonchasida ichida Serxio Ramosning tirsagiga tegdi. VAR vaziyatni tekshirdi, ammo penalti belgilamadi.

"Real Madrid"da qarshi o‘yin kuni aytganimdek, bunga tushunmayapman. Madridliklarning 10 muxlisidan 9 nafari penalti borligini tan olishadi, ammo hakam boshqacha qaror qabul qildi.

Men buni penalti deb hisoblayman. Lekin VAR bilan ishlagan hakam va uning assistentlari boshqacha qarorga kelishdi", – deya Kumanning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ma’lumot o‘rnida, 14-turdan so‘ng "Real Madrid" 29 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. "Barselona" esa 21 ochko bilan 5-pog‘onaga joylashgan.

Manba: www.sport.es


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.