Rivaldo: "Barselona"dan "Real"ga ko‘chib o‘tgan Figuning harakatlarini qoralamayman"


Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Rivaldo Ronaldo bilan birga ko‘proq o‘ynay olmaganidan afsusda ekanligini yashirmadi.

Rivaldo: "Barselona"dan "Real"ga ko‘chib o‘tgan Figuning harakatlarini qoralamayman"

"Agar biz Ronaldo bilan birga o‘ynaganimizda, u holda dahshatli juftlikka aylanardik. Biz buni Braziliya terma jamoasida ko‘rsata olganmiz. Agar ko‘proq birga o‘ynaganimizda, biz yana xavfli qurolga aylanardik

Agar menda ham shunday vaziyat bo‘lganida hech qachon "Real Madrid"ning taklifiga rad javob bermagan bo‘lardim. Hatto "Barselona" bilan munosabatlarimiz a’lo darajada bo‘lishiga qaramay, "Real Madrid"ni taklifini yo‘q demasdim. Biroq, "Barselona" har doim mening Yevropadagi eng yaxshi ko‘rgan klubim bo‘lib qoladi" - deya qo‘shimcha qildi Rivaldo.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.