-

Alaba uchun bir yo'la Evropaning 5ta top-klubi davogarlik qilmoqda

"Bavariya" himoyachisi David Alaba haligacha klubdan ketishni xohlamoqda.

28 yoshli avstriyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi yanvarda "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Real", "Barselona" va "CHelsi" bilan muzokaralar olib borishga tayyor.

Takidlanishicha, futbolchi hozircha yuqoridagi klublarning hech biri bilan hali aloqaga chiqmagan. Alaba hali ham "Bavariya" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Avstriyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.