Kutilmagan xabar. Eder Militao "Real"ni tark etishi mumkin

Madridning "Real" klubi himoyachisi Eder Militao qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Defensacentral xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"dagi holatidan norozi. U allaqachon jamoa rahbariyatiga David Alaba bilan shartnoma imzolansa, ketishini malum qilgan. Militao "Real"da o'yin amaliyotining kamligi Braziliya terma jamoasi chaqiruviga tasir o'tkazishidan xavotirda. Eder 2021 yilning yozida bo'ladigan Amerika kubogini o'tkazib yubormoqchi emas.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum "Real Madrid" tarkibida 3 ta o'yin o'tkazdi.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.