Xoland Ramosni dunyoning 3 ta eng kuchli markaziy himoyachisidan biri deb hisoblaydi


"Borussiya" Dortmundning norvegiyalik forvardi Erling Xoland kimlarni dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari deb hisoblashini aytdi.

“Mening fikrimcha, dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari - Serxio Ramos, Virjil van Deyk va Kalidu Kulibali. Ular jismonan juda kuchli va shu bilan birga yuqori o‘yin intellektiga ega”, - dedi Xoland.

20 yoshli Xoland joriy mavsum “Borussiya” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: www.std.uz


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.