Isko La Liganing boshqa klubiga o‘tishni xohlamoqda


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko yanvar oyida jamoani tark etishni jiddiy o‘ylamoqda.

Ispaniyalik futbolchining o‘rtasida nafaqat Zinedin Zidan bilan, balki jamoa sardori Serxio Ramos bilan ham ziddiyat kelib chiqqan.

Avvalroq, Isko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, so‘nggi tarqatilgan ma’lumotlarga qaraganda Isko "Sevilya" tarkibiga o‘tish niyatida.

Qayd etilishicha, Iskoning oilasi aynan shu jamoaga o‘tishini xohlamoqda. Futbolchi Sevilyaga yaqin bo‘lgan Malaga shahrida istiqomat qiladi.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.