-

Laport: "Barselona" yana "Real" darvozasiga oltita gol kiritishini xohlayman"

Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidentligiga nomzod Joan Laporta OAV bilan suhbat qurdi.

Suhbatda davomida u yana "ko‘k-anorranglilar" "Real Madrid" hisobini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishlarini xohlashini yashirmadi.

Laporta prezidentligi paytida "Barselona" safarda "Qirollik klubi"ni "Santyago Bernabeu"da 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

"Men yana "Barselona" "Real Madrid" darvozasiga oltita gol kiritishini xohlayman", - Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda La Jungla.

Laporta "Barselona" prezidenti lavozimida 2003 yildan 2010 yilgacha faoliyat olib borgan va yanvar oyida bo‘ladigan saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surgan.

Manba: www.sport.es


0 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.