Italiyalik mashxur jurnalist Ramosni "Real"dan ketishiga shama qildi


Italiyalik mashxur sport jurnalisti Fabrizio Romano "Real Madrid" va Serxio Ramos o'rtasida tuzilishi kutilayotgan yangi shartnoma haqida fikr bildirdi.

"Serxio Ramos va Madridning "Real" klublari shartnomani uzaytirish borasida bir to'xtamga kelishmagan va yakunda Ramos ketishi mumkin", - deya takidlaydi Fabrizio Romano.

"SkySports" — nashri xabar berishicha, Ispaniyalik tajribali himoyachi Serxio maoshi hozirga miqdoridan kamaymagan ikki yillik shartnoma so'rayapti, klub esa bundan farqli ularoq, faqat bir yillik kelishuv imzolashga tayyor.

Serxio Ramosning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi, demak bu degani u yanvarda boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlashi mumkinligini anglatadi.

Ispaniyalik himoyachi ushbu mavsumda Madridliklar safida 15ta o'yinda maydonga tushib uchta gol va bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: www.tribuna.com


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.