Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real Madrid" rahbariyati 2020/2021 yilgi mavsumda futbolchilarning maoshlarini 30 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.

"Real" maoshni qisqartiradi: eng ko‘p zarar ko‘radigan futbolchilar aniq bo‘ldi

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng madridliklar ushbu mavsumda o‘yinchilar, murabbiylar va xodimlarning maoshlarini 10%ga kamaytirgan edi. Ammo bu chora klubning moliyaviy ahvolini o‘nglash uchun yetarli bo‘lmadi. Shu bois, klub yanada keskinroq chora qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.

"Real Madrid" ushbu mavsumda 822 mln yevro daromad olishni rejalashtirgan edi. Hozirga sharoitda esa jamoa kamida 165 million yevro zarar ko‘radi.

"Real Madrid" birinchi jamoa maoshlarini 30%ga qisqartirganidan keyin 85 mln. yevro miqdorida pul tejaydi. Shu bois, eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar — Serxio Ramos va Garet Beylning maoshi 14,5 mln. yevrodan 10 mln. yevroga tushib qoladi.

Manba: www.tribuna.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.