Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...


Jahon va Evropa chempioni, Oltin to'plar sohibi, ECHLni qatorasiga ikki yil yutgan dunyodagi birinchi murabbiy bugun 45 yoshga to'ldi.

SHu munosabat bilan ajoyib futbolchi va murabbiyning faoliyati davomida aytgan eng sara fikrlarini taqdim etishga qaror qildik.


"Otam hech qachon meni yaxshi ko'rishini aytmagan. Biroq uning qilayotgan ishlari tufayli meni juda yaxshi ko'rishini sezardim.

Agar nimanidir qattiq orzu qilsangiz bir kun kelib u amalga oshadi

Marselda yomon tumanda yashaganmiz. Qayerda yashash emas qanday yashash muhim. 20 nafardan ortiq bolalar bilan o'rtoq edim, ularning hech biri ichmasdi va chekmasdi.

Otam doim boshqa davlatdan kelgan inson mahalliy xalqdan ko'proq mehnat qilishi kerakligini aytardi".

Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...

"Yoshligimda ko'plab bolalar bilan futbol o'ynardim. Nima uchun ular orasidan faqat men futbolchi bo'ldim? Balki, qolganlar kuniga 24 soat futbol haqida o'ylashmagani uchundir.

Marselda qiynalgan bo'lsam ham eng sevimli shahrim bo'lib qoladi. U erda o'zining muhiti bor. Bu borada Marsel Liverpulga o'xshashib ketadi.

Sevimli klubim - Olimpik. Xatto Kann sharafini himoya qilganimda ham Velodromga borardim.

Sen kimligin va qaerdan kelganingni unutmasliging lozim. Hech qachon birga katta bo'lgan o'rtoqlarimni unutmayman.

Yoshligimizda bolalar bilan biznesimiz bo'lgan. Dam oluvchilarga "sosiskalar"ni kim tez tanovul qilish bo'yicha chempionat o'tkazardik. Ko'pincha men g'olib chiqardim.

Bordoga o'tish meni o'zgartirgandi. Rivojlana olishimni sezgandim. Bordo men uchun ajoyib tramplin bo'la oldi".
Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...

"Ovqat tayyorlashni yomon ko'raman. Tuxum pishira olaman xolos. Xotinim Veronika esa ajoyib pazanda. U xattoki Jazoir oshxonasidagi bazi ovqatlarni o'rganib ham olgan.

Sportda doping - juda yomon. Yuventusda Franciyada taqiqlangan modda kreatinni istemol qilganman. U boshqa mamlakatlarda taqiqlanmagan. U mening sog'ligimga tasir qilmagan deb o'ylayman.

Franciya terma jamoasida turli millat futbolchilari o'ynashadi? Qanday ahmoqlik! Jamoamiz juda ahil va inoq. Qaerdan bo'lmaylik vatanimiz bitat - Franciya, har bir o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.

Agar qachondir menga Zinedin Zidanga o'xshashni istayman desa haqiqatdan ham baxtli bo'laman".
Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...

"Men musulmonman va barcha narsani yaratgan Xudoga ishonaman.

Kuchni tejash - senga pul to'layotgan klubni aldash.

Orzuim bor. Jahon chempionati finalida o'ynayapman, 90-daqiqa o'tib borayapti va to'p menga etib keldi, zarba… Albatta, bu amalga oshmasa kerak.

Hayotimdagi eng katta yutuq bu medal yoki kuboklar emas farzandlarim menga yaxshi otasiz deyishganidir".
Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...

"Materacci? U futbolkani rosa ko'p tortqilayverdi, o'yindan so'ng unga futbolkamni sovg'a qilishimni aytdim. Bunga javoban u onam va singlimni haqorat qildi. O'zimni tutib tura olmadim. Bu yomon qaror edi, barchasi juda tez sodir bo'ldi.

Buffon mening zarbam haqida hakamga aytgani yaxshi bo'lgan. Franciya hakam xatosi tufayli chempion bo'lganini hazm qila olmagan bo'lardim.

Ispaniya chempionati zerikarli ekanligiga qo'shilmayman. Menimcha u Evropadagi eng kuchlilaridan biri. Bu erda kuchsiz jamoalar yo'q.

Messi va Ronaldu - g'aroyib futbolchilar. Ammo Frank Riberi Franciya futbolchi brillianti.

Futboldagi barcha ishlarimni tugatganimdan so'ng otam bilan birga Jazoirga qaytamiz. Xuddi o'sha otam cho'pon bo'lgan qishloqqa boramiz. Bu mening futboldan tashqari eng katta orzuim.

Ota-onam menga o'zingni boshqalardan ustun qo'yma deb o'rgatishgan, ularga shunday tarbiya uchun rahmat aytaman.

Men dunyoning eng kuchli murabbiyiman? Yo'q-yo'q, bunday emas (ECHL finalida ikkinchi marta g'olib chiqilganidan so'ng)".


Yoshligimda futbol o'ynash uchun oyoq kiyimim yo'qligi uchun yig'lardim, kunlardan bir kun men oyoqlari yo'q insonni ko'rib qoldim...
Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo'qligidan yig'lardim, bir kun...


Muallif: El Capitano

» Teg: Zinedin Zidan |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.