Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Asensio: "Ronalduga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilmasligi kerak edi"


"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogining ilk bahsida bosh hakam Rikardo De Burgos Bengoecheaning qarorlariga fikr bildirdi.

Hakamning bazi qarorlari "qaymoqranglilar"ga g'alati tuyildi: U "Real" darvozasiga penalti belgiladi, Krishtianu Ronalduga esa ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi.

"Darvozamizga belgilangan penalti shubhamga sabab bo'lmoqda. Ronalduning ikkinchi sariq kartochkasi esa ko'rsatilmasligi kerak edi. U yiqildi, chunki kontakt bo'lgan edi. Penalti belgiladingmi, hech bo'lmasa sariq kartochka ko'rsatma. Ammo hakamlar ham oddiy odam", - deydi Asensio.

Manba: CA


Muallif: El Capitano
|
Teg: Marko Asensio, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.