Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Xames "Real" uchun sog'liqini havfga qo'ymoqchi


«Real» klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges «Qirollik klubi»ning Ispaniya Kubogi bahslari doirasida «Selta»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida maydonga tushmoqchi. Xames «qaymoqranglilar» etakchi futbolchilarining ketma-ket jarohati va o'z maydonida ochko yo'qotishlarini hisob olgan holda, jarohatidan to'liq tuzalmay turib, ¼ finalda jamoasiga yordam bermoqchi.

O'tgan haftada Zinedin Zidan yarim himoyachining tiklanishi uchun o'n kuncha vaqt ketishi va shu vaqt ichida Xames umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtrok etishini aytib o'tgan edi. Shuni hisobga olgan holda madridliklar ustozi katta ehtimol bilan kolumbiyalik futbolchini chorshanba kunidagi o'yinda maydonga tushurmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges 7 yanvarda «Granada»ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgan edi.


Muallif: Abdurasul

Teg:
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Roma"ga qarshi bahsda 2-golga uzatma bergan Benzema eng yuqori (8.9) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..