Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Hakimi: "Zidan menga ishonayotganidan juda xursandman"


"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi "Tottenxem"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvidan so'ng, juda baxtli ekanligini aytdi.

Zinedin Zidan shogirdlari o'z maydonida 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Hakimi bu turnirda debyut qildi.

"Har bir futbolchi o'ynashni istaydigan turnirda debyut qilganimdan baxtliman. Zidan menga ishonishidan juda xursandman. Biz g'alabaga umid qilgandik va ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Keyingi uchrashuvlarda to'p raqib darvozasiga kirishiga umid qilaman. "Tottenxem" yaxshi jamoa ekanligini bilamiz, ammo "Real" ajoyib o'yin ko'rsatdi", - deydi Hakimi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano

Teg: Zinedin Zidan, Ashraf Hakimi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.