Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

"Real Madrid" "reklama" qilmayotgan vunderkind haqida...


Mutaxassislar so'zlariga ko'ra, u yaqin yillarda "Oltin to'p" sohibiga aylanadi.

"Real Madrid" rahbariyati transfer bozorini kuzatishda davom etmoqda va yangi mavsum oldidan kimlar bilan jamoani kuchaytirish mumkinligi haqida bosh qotirmoqda. Ammo yangilarni sotib olish o'z yo'ligaku, Madrid klubining shundoq ham iqtidorli futbolchilari bor. Ulardan biri shubhasiz hozircha braziliyada ter to'kayotgan Vinisius Junior.

Video lavha: скачать
#Vinisius Junior vs Martin Edegor


"Qirollik klubi" futbolchi uchun 45 million evro berganidan ispan grandiga befarq bo'lmagan muxlislar xabardor. O'shanda jamoa yosh iqtidor sohibi uchun juda katta summa sarflaganidan ko'pchilik norozi bo'lgan bo'lsada, u kelajakda bu pullarni oqlashiga ishonganlar ham topildi.
"Real Madrid" "reklama" qilmayotgan vunderkind haqida...

Bugungi kunga kelib, Vinisius o'shanda o'ziga ishonch bildirganlarni ham xayratga solib, professional sifatida juda tez o'sishga erishmoqda.

"Qaymoqranglilar" hozirdan dunyoga jar solib, "reklama" qilmayotgan bo'lsalarda, futbolchi kelajakda bemalol "Oltin to'p" uchun kurasha olishiga ishonishadi.

Yurtimizda Vinisiusning o'ynini ko'rganlar kamchilikni tashkil etsa ajablanmaymiz. Ammo ishonishingiz mumkin, yosh iqtidor sohibining maydondagi harakatlarini kuzatar ekansiz, beixtiyor Ronaldino yodingizga tushadi. Ha, u "Barselona"da to'p tepgan, "Real"da bu tipdagi futbolchilarni birdan eslab, ko'rsatish qiyinroq vazifa. Robino? Neytral muxlis sifatida baho beradigan bo'lsak, u Madridda o'z o'rnini topa olmagan. Ammo yaqin kelajakda shunaqasi paydo bo'ladi chog'i. Hozir Vinisius hafsalini pir qilmaslik va uchun tinmay ishlamoqda.
"Real Madrid" "reklama" qilmayotgan vunderkind haqida...

Iqtidordan tashqari, Vinisiusning ajoyib jismoniy holatini qayd etish mumkin. "Real" uning transferini rasmiylashtirganidan keyin u kuchaysa kuchaydiki, aslo aksi bo'lmadi va bugungi kunda yosh futbolchi Braziliya birinchi divizionida to'p tepmoqda.

Jismoniy holat haqidagi gapga qaytsak, Braziliya OAVining xabarlariga ko'ra, so'nggi vaqtlarda Vinisius yana mushak massasi (myshechnuyu massa deyishadiku) 5 kg ortganiga qaramay, bu futbolchining tezligiga salbiy tasir qilmadi.

"Hozir u ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va yaqin kelajakda dunyo darajasidagi yulduz bo'lishi haqiqatga yaqin", – deydi "Flamengo" bosh murabbiyi.

World Soccer nashri Vinisiusni Jahonning eng kuchli 200 futbolchisi qatoriga qo'shdi va uni eng umidli yoshlardan biri deb etirof etdi.

"Real Madrid" futbolchi transferini sotib olganidan so'ng, Vinisiusga bo'lgan etibor tabiiyki oshdi va uning raqiblari, uning harakatlaridan salbiy narsa qidiruvchilar paydo bo'lmoqda. Hozir Vinisius raqiblarning bazan o'ta qo'pol o'yiniga dosh berishiga to'g'ri kelmoqda. SHu kabi holat bir vaqtlar Neymar bilan yuz bergani ko'pchilikning yodida bo'lsa ajab emas. Bu kabi bosimlar va o'ziga xos tanqidlar Vinisiusni tezroq "Real Madrid"ga ko'chib o'tishiga sabab bo'lishi mumkin. CHunki Madriddagilar unga katta umid bog'lagan, ammo Braziliyada uni 2019 yilga qadar saqlab qolishga umid qilishmoqda. Ammo so'nggi so'z huquqi "Real Madrid" tomonda va futbolchi o'yinidagi o'sishni inobatga olib aytadigan bo'lsak, braziliyalik shu yil yozdayoq "qaymoqranglilar" safiga kelib qo'shilishi mumkin.
"Real Madrid" "reklama" qilmayotgan vunderkind haqida...

Vinisius ko'p narsada Neymar bilan maslahatlashadi va Junior maydonda ham, maydondan tashqarida ham borgan sari PSJ yulduziga o'xshab ketmoqda. SHuningdek, yosh vunderkind Marselo bilan ham yaxshi aloqalarda. Madridda futbolchi klub vice-kapitanlaridan biri bo'lgan Marseloning qo'llab-quvvatlashiga ishonishi mumkin. 18 yoshli Vinisius sekin-asta futbol dunyosining muhim vakillaridan biri bo'lishga tobora ko'nikib bormoqda.

"Hayotim so'nggi oylarda yaxshi tomonga keskin o'zgardi. Lekin men "osmonlarga uchib ketmay", o'z ustimda ishlashda va "yulduzlik kasaliga" chalinmasligim kerakligini yaxshi tushunib turibman", deydi futbolchining o'zi Globoesporte nashriga intervyu chog'ida.

Vaziyat qanday tus oladi, buni vaqt ko'rsatadi. Sizchi, sizning bu boradagi fikringiz qanday? U chindan jahon darajasidagi futbol yulduzi bo'la oladimi?

www.hala-madrid.uz - uchun maxsus!


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Vinisius Junior
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.