Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

"Real Madrid" hakamlarni sotvoladi" deganlar sudga berilishi mumkin


Madridning "Real" klubi jamoa Chempionlar ligasiga nohaqlik bilan chiqdi deb aytayotganlarni sudga berishi mumkin. Bu haqda abc.es nashri xabar tarqatdi.

Manbada qayd qilinishicha, ayni vaqtda Ispaniyada ham, dunyoda ham "Real"ni obro'sizlantirish bo'yicha kampaniyalar jiddiy tus olmoqda va bu madridliklar rahbariyatiga umuman yoqmayapti. Shuningdek jamoa rahbarlari matbuotning "Yuventus" ustidan qozonilgan so'nggi g'alabani "talonchilik" va "o'g'rilik" degan chiqishlaridan toqati toq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Real" Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida so'nggi soniyalarda belgilangan penalti evaziga "Yuventus"ni musobaqadan chiqarib yuborgandi. Bosh hakam Maykl Oliver penalti belgilashdan tashqari raqib yetakchisi Janluidji Buffonaga etirozlari uchun qizil kartochka ko'rsatgandi.

Manba: www.tribuna.uz



» Teg: Real Madrid |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu,"Atletik"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol urdi va "Qirollik klubi"ni mag'lubiyatdan saqlab qoldi.