Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 31-turidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Agar biz yutishni xohlasak, ular hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Muhlislar bizni ortimizda har qachongidan ham ko'proq bo'ladi, ular biz bilan o'yinda harakatlanishadi, bunga shubham yo'q. Ular doim biz uchun muhim, ayniqsa mavsum yakunida".

"Bu oson o'yin bo'lmaydi. Ular qanday o'ynamoqchiligini bilmayman, lekin meni qiziqtiradigan barchasi - bu qilmoqchi bo'lgan ish. Doimgidek biz qiyin 90 daqiqani kutamiz va biz barqarorlikni ko'rsatishimiz kerak, chunki bu futbol. Bu derbi va biz o'yin qanday bo'lishini bilamiz. Mana nimaga biz uni bitta o'yinda bir marta olamiz".


Favorit

"Bu yerda favorit yo'q. Bu yerda o'ynash uchun 3 ochko qo'yilgan va biz nima bo'lishini ko'ramiz va kutamiz. Har bir o'yin o'z tarixiga egaligini bilamiz. "Atletiko" yaxshi ketmoqda va men mavsumni birinchi davrasida bunday o'yinni kutmagandim. Biz "qazishimiz"ga to'g'ri keladi. Biz diqqatimizni jamlaganmiz va hamma yaxshi futbol ko'rishni xohlaydi".

"Atletiko"ni qadr-qimmati

"Hamma "Atletiko" haqida yaxshi himoyalanadigan jamoa deb aytadi. Bu to'g'ri, lekin bundan ham ko'prog'iga ega. Ular oxirgi 4 yoki 5 yilda ko'p jihatdan o'sishdi, ular juda yaxshi futbol o'ynayotganini nazarda tutdim. Ularda faqat himoyaviy o'yinchilar emas, ularda shunday o'yinchilar borki, nafaqat hujumda o'ynaydiganlari, balki himoya va yarim himoyada o'ynaydiganlari ham o'ynashni eplaydi".

"Atletiko" "Bernabeu"da ligada 3 marta ketma-ket g'alaba qozongan

"Menda bunga nisbatan tushuntirishlar yo'q. Kechiring, lekin shunday. Ertaga ko'ramiz. Men aniq qasos o'tida yonmayapman, shunchaki bu muammoni yengib o'tmoqchiman. Stol ustida 3 ochko bor. Biz mavsumni birinchi o'yinida yutdik, lekin ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Biz hammamiz derbida o'ynashdan xursandmiz".

"Krishtianuni g'ayrati va maqsadi - bu uni harakatga keltiradi va bu atrofidagi barchaga ijobiy ta'sir qiladi".

"U aqlli o'yinchi va u meni nima izlayotganimni biladi. Biz barchamiz birgalikda oxirigacha chidaymiz. U doim katta o'yinlarga to'g'ri keladi. Uning maqsadlari uni yaxshi o'ynashga undaydi va shuning uchun ham u mashg'ulotlarda fenomenal. U mavsumni yakuniy qismiga tayyor. U gollar urishni va u o'ynaydigan har bir o'yinlarda jamoasi uchun hal qiluvchi odam bo'lishni xohlaydi. Bu ajoyib, uni ambitsiyalari yuqumli. Uni kuch-g'ayrati uni oldinga intilishga majbur qiladi va bu atrofidagi barchaga ijobiy ta'sir o'tkazadi".

Jamoani ahamiyati

"Bizda 9 ta o'yin bor va barchasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu BBC haqida hammasi emas. Ular biz jamoaligimizni va har bir o'yinchi muhimligini biladi. Jamoa tanlash doim qiyin, lekin barcha futbolchilar suv va havodek muhim va bu hozirgi kundan mavsum oxirigacha bo'ladi. Keyin nima bo'ladi, men bilmayman".

BBC

"Reja ular mavsum yakunida a'lo darajadagi jismoniy holatga kelishidan iborat. Qachon na Beyl va na Ronaldu o'ynamasa, bu bizni ko'p o'yinlarimiz borligini bilishimizdan va shuningdek boshqa futbolchilar ham jamoaga xissa qo'sha olishini bilishimdan dalolat. Har bir o'yin farq qiladi va jismoniy jihatdan umid qilamanki, biz mavsumni hozir har bir mashg'ulotda va har bir o'yinda qilganimiz kabi yakunlay olamiz".

Benzema va Grizman

"Ha, ularni ikkisi ham natija qayd eta oladi, lekin umid qilamanki, Benzema buni isbotlaydi. Barcha o'yinchilar haqiqiy sifatga ega va hal qiluvchi bo'lishi mumkin".

Uni kelajagi haqida

"Men hech narsa tayyorlamayapman. Men faqat mavsumni yakuniy qismiga diqqatimni qaratganman. Siz bu saviyasini bilasiz, men ham bilaman va men "Real" murabbiyi bo'lish nimani anglatishini bilaman, yaxshiga yoki yomonga. Men barchasiga tayyorman va shuning uchun men faqat keyingi o'yin haqida gapiraman, meni faqat shu qiziqtiradi. Ertaga muhim o'yin, 3 ochko, shuni uchun o'yin bo'ladi. Keyin nima bo'lishini bilmayman".

"Hayotda nima bo'lmasin, men ijobiy fikrlashda davom etaman. Men bu yerda bo'lishimda omadim kelgan va qiladigan ishimni har kuni yaxshi ko'raman. Dunyoda qiladigan ishi yoqmaydigan insonlar bor, men har kuni yoqadigan ishimni qilaman va doim pozitivman".


Isko

"Hech qanday qarama-qarshilik yo'q. U bu yerda juda baxtli va biz hammamiz ertangi o'yin haqida o'ylayapmiz. Biz bilamiz, bu futbolni bir qismi, lekin barchamiz futbol maydonida nima bo'lishiga qiziqamiz, boshqa hech nimaga emas. Men yanada hotirjamman, endi u "Barselona"ga o'tmasligini aytdi".

La Ligada yuta olmasligi haqida

"Biz yutish uchun barcha mumkin bo'lgan ishni qilish uchun shu yerdamiz va shunda odamlar o'z fikriga ega bo'lishi mumkin. Biz harakat qilayapmiz va biz yaxshi ishni bajarishni xohlaymiz. Bu yakuniy qismda o'ynashimiz uchun barchasi va hozirgacha qilgan barcha ishimiz hech nimani anglatmaydi. Biz La Liga va Chempionlar Ligasi uchun o'ynaymiz".

Morata

"Har o'yin men uchun muhim va "Leganes"ga qarshi muhim o'yinda u juda yaxshi o'ynaydi va gollar urdi".

"Leganes"ga qarshi o'yinda Xamesni almashtirilishi

"Bu murabbiy va o'yinchi o'rtasidagi nimadir, bu esa doim futbolda bo'ladi. Bizni ikkimizda bir xil maqsadlar bor. Endi hammasi tugadi va biz faqat ertangi o'yin haqida o'ylaymiz".

El Capitano




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.