Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Zidanning asosiy 4 qoidasi nimalardan iborat edi?


Zinedin Zidanning 4ta qoidasi "Real" bilan muvaffaqiyatga erishishda yordam berdi.

"Qirollik klubi"ning yangi ustozi ham "qaymoqranglilar" bilan ishlashda bu qoidalardan foydalansa kerak.

1. Jamoa - bu oila. Zidan "Real" kiyinish xonasiga xotirjamlik va futbolchilarga ishonch olib keldi. Ahillik haqida hamma bilsa kerak. Zidandan avvalroq "Qirollik klubi"da ishlagan Joze Mourino davrida hamjihatlik yo'q edi.

2. Rotaciyalar. Zidanning rotaciyalari ko'p maqsadlarga qaratilgan edi. Birinchidan, yangi juftliklar yaratildi, yoshlar kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Ikkinchidan, o'zgarishlar tufayli futbolchilar har bir o'yinda maydonga tushishga tayyor edi. Uchinchidan, bu birinchi qoidaga bog'liq. Futbolchilar maydonga tushib o'yin amaliyotiga ega bo'ladi va jamoa ichidagi atmosferi keskinlashmaydi, chunki hamma o'zini "Real"ning bir qismi sifatida his qiladi.

3. Futbolchilarning rivojlanishi va o'sishi. "Real"ga 1 mln. evro evaziga kelgan Lukas Vaskes Zidan davrida eng ko'p maydonga tushadigan va "qutqaruvchi" vazifasini bajaradigan (ayniqsa 16/17 mavsumda) futbolchiga aylandi. Kasemiro zamonaviy futbolning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'ldi, Asensio o'zining potencialini ko'rsata boshladi. Navas va Karvaxalda ham o'sish kuzatildi.

4. Ronalduning tatili. Portugaliyalik Ispaniya Kubogida deyarli o'ynamadi va barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan yagona turnir CHempionlar ligasi bo'ldi. Bu taktika Ronalduga mavsumning hal qiluvchi pallasida yaxshi formada bo'lish imkonini berdi. Forvardning yoshi va joydagi o'zgarish Krishtianuning gollik statistikasiga ijobiy tasir ko'rsatdi va bu Zidanning xizmati.

"Real" ahilligiga salbiy tasir ko'rsatgan birgina futbolchi bo'ldi. Garet Beyl. Zidan ketganidan so'ng uelslik xatto u bilan xayrlashishni ham istamadi.

Har qanday holatda ham Beyl "Real"ning yangi bosh murabbiyi uchun muammo bo'lmaydi.

"CA" nashri asosida www.hala-madrid.uz uchun maxsus tayyorlandi.


Muallif: El Capitano

Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon | "Atletik"ga qarshi bahsda Isko urgan gol "Real"ni mag'lubiyatdan qutqardi. Shu boisdan uni uchrashuv qahramoni deb topdik.