Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

"Real" Lopetegining shartnomasi bekor qilinishi uchun Ispaniya futbol federaciyasiga 2 mln evro to'laydi


Xulen Lopetegining "Real"ga bosh murabbiy etib tayinlanishi tafsilotlari malum bo'ldi.

Kecha JCH-2018dan so'ng 51 yoshli mutaxassisning Madrid jamoasini boshqarishi rasman elon qilingan edi.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi madridliklardan 2 million evro oladi, Lopetegining shartnomasida shuncha tovon puli ko'rsatilgan.

Lopetegi madridliklar tovon puli to'lagan 5-murabbiy bo'ladi. Bungacha Jon Toshak (90 million peset, 1989 yilda), Manuel Pellegrini (4 million evro, 2009), Joze Mourino (8 million, 2010) va Karlo Anchelotti (4 million, 2013) kabi mutaxassilar uchun tovon puli to'langan.

Manba: www.championat.asia



» Teg: Real Madrid, JCH-2018, Xulen Lopetegi, Ispaniya futbol federatsiyasi |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.