Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?


"Real"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turinga yo'l olishi haqida bot-bot yozilmoqda.

Yozning eng shov-shuvli transferiga aylanishi mumkin bo'lgan bu transfer qanchalik haqiqatga yaqin? Keling buni tahlil qilib chiqamiz.

Cho'g'siz tutun chiqmaydi

Krishtianu Ronalduning shu yozda "Yuventus"ga o'tishi deyarli oydinlashdi. Xuddi cho'g' bo'lmasa, dim bo'lmaganidek, agar Ronalduning Madriddan ketmoqchiligi chin bo'lmaganida uning ketishi haqida bu qadar ko'p yozilmagan bo'lardi. Shu kunlarda futbolchining agenti Jorje Mendesh "Real" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi va o'z mijozining kelajagi bo'yicha muzokara o'tkazdi. Ayni vaqtda ushbu 33 yoshli portugaliyalikka asosiy davogar "Yuventus"
bo'lib turibdi.

Ayni lahzasi

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?
Barchasi Kievda boshlangandi. Ushbu portugaliyalik nafaqat zarbalarni vaqtida yo'llaydi, balki kerakli so'zni kerakli joyda va kerakli vaqtda aytadi. U hamma Chempionlar ligasidagi g'alabani nishonlayotganida o'zining ikki og'iz gapi bilan barchani karaxt ahvolga solgandi: "Madrid uchun o'ynash ajoyib edi", "Real"da qolishimga kafolat bera olmayman", "Tez orada barchasini bilib olasiz". Keyingi kuni esa Ronaldu xuddi boshqatdan o'ylab ko'rib, fikridan qaytgandek gapirdi: "Barchaga rahmat, kelasi yili ko'rishamiz". Ammo axborot to'lqini tinmadi. Bu Ronalduning o'ziga diqqatni jalb etish va maoshini ko'tarib olish rejasining bir qismi edi.

Eskirgan sxema

Portugaliyalik futbolchi qanday qilib shartnomasini yangilash va moliyaviy yangilash bo'yicha "pixini yorgan". Madriddagi qariyb 10 yillik faoliyati davomida u bu ishni ikki marta qilgan - uning medoti ikki safar ham ish bergan. 2012 yil sentabrida, hali 3 yillik shartnomasi va yiliga 10 million evrolik maoshi bo'la turib u shunday degandi: "Men "Real"da baxtiyor emasman". Bir yil o'tib u bilan 2018 yilgacha amalda bo'luvchi va yiliga 17 million evro miqdoridagi maosh to'lash ko'zda tutilgan yangi shartnoma imzolashdi. 2015 yil yozida esa boshqa futbolchilarning maoshlari ham osha boshlagach (ayniqsa Messiniki - 16 million evrodan 20 million evroga), portugaliyalik futbolchi atrofida turli mish-mishlar bolaladi. Uning kayfiyati juda yomon ekani haqida yozishdi. Bir yil o'tib tomonlar o'zaro shartnomani yana qaytadan ko'rib chiqishdi va Ronalduga 2021 yilgacha amalda bo'luvchi yangi shartnoma hamda 23 million evrolik yillik maosh taklif etildi, futbolchi bajonidil rozi bo'ldi. Sxema ishlab tursa, uni o'zgartirish nega kerak?

Prezidentning vadasi

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?

Ronaldu 2017 yilning yozida, Evropa Chempionlar ligasidagi navbatdagi g'alabadan keyin ham uchinchi marta shunday yo'l tutdi. Uni goh "PSJ"ga, goh "MYU"ga va goh tumanli albionga jo'natishdi. Natijada, Madrid klubi prezidenti futbolchini qolishga ko'ndirish uchun muzokara o'tkazishga majbur bo'ldi. Ammo bu safar u futbolchi bilan og'zaki kelishuv tuzdi, unga ko'ra jamoaning 2016-17 yilgi mavsumdagi natijasiga ko'ra futbolchi bilan yangi shartnoma tuziladigan, uning yillik maoshi miqdori 30 million evroga (soliqlar chiqarib tashlanganda) oshiriladigan bo'ldi. Portugaliyalik futbolchi yorqin o'yinlar ko'rsatdi, ammo Peres vadalarini unutdi. Bu yilgi mavsum yakunlariga ko'ra ham Ronalduning oyligi oshirib berilmadi va munosabatlar butkul darz ketdi.

Raqobatchilarning maoshi

Ronaldu noroziligini to'g'ri tushunish mumkin - Messi va Neymarniki bilan solishtirganda uniki kamtargina. Ronalduning mavjud shartnomasida yillik 23 million evro bo'lgani holida, Neymar Parijda 36 million olardi, Messining "Barselona" bilan yangi shartnomasida esa 45 million evro belgilangan. Bu holatda sayyoraning birinchi raqamli perfektsionisti o'zini yana qanday tutardi? U axir qishda o'zining keyingi 5 yillikdagi to'rtinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritdi, shunda ham u Messining yillik daromadining 50 foiziga, Neymarnikining 60 foiziga rozi bo'larmidi? Shunday qilib, uchinchi davra boshlandi.

Haddan tashqari yuqori badal puli

Ronalduning rejasi ish bermadi. Kievdagi bayonotidan keyin "Real" rasmiy saytidan uning fotosurati yo'qolib qoldi, Marca o'quvchilarining 63 foizi esa "Qirollik klubi" yozda uni jamoada olib qolmaslik kerak degan fikrda, u jamoaning yangi mavsum uchun liboslari taqdimotida ishtirok etmadi - barchasi Krishtianu Ronaldu ketishini ko'rsatmoqda. Hamma avvaliga "PSJ" variantini esladi, ammo qatarlik shayxlar hali aqldan ozgani yo'q, "Real" Ronalduning bu klub uchun narxini 1 milliard evro etib belgilab qo'ygan. To'g'ri, keyinroq OAVda "Real" futbolchining badal puli miqdorini 120 million evrogacha kamaytirgani haqida xabar tarqatdi, ammo "Real" bu xabarni rasman inkor etib chiqdi. Lekin klub va futbolchi o'rtasida og'zaki kelishuv borligi aniq, agar futbolchi ketishni istasa, klub uni "PSJ" va "Barselona"dan boshqa istalgan klubga meyordagi narx evaziga qo'yib yuboradi.

Mendeshning rejalari qanday?

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?

4 iyul kuni Madriddagi Marca va Portugaliyadagi Record nashrlari bir vaqtda Krish "Yuventus"ga o'tishi haqida xabar tarqatishdi. Bu xabarlarning manbasi bitta - futbolchining agenti Jorje Mendesh edi. Ularda shunday deyilardi: "Ronalduning ketishini to'xtatib bo'lmaydi, lekin muzokaralar davom etmoqda".

Bu malumot agentdan chiqqani unga 100 foiz ishonmaslik kerakligini anglatadi. Nashrlar Mendesh Florentino Peresning o'ng qo'li Xose Anxel Sanches bilan uchrashganini yozdi. Bu uchrashuvda Ronalduning maoshi masalasi muhokama qilingan.

Ronaldu uchun nafaqat maoshi, balki jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoasida qanday o'rinni egallashi ham muhim bo'lgan. Yangi shartnoma unga qo'shimcha ishonch baxsh etishi mumkin edi.

"Yuventus" 100 million evro to'lashga tayyorligi haqidagi mish-mishlar "Real"ga Ronaldu hazillashmayotganidan darak beruvchi signal edi. Ammo oxirgi xabarlarga ko'ra, Peres futbolchining ketishiga rozi ko'rinadi.

Nega "Real" Ronalduni ushlab qolishga urinmadi?

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?

Ronaldu ikki barobar ko'p maosh istamoqda. Qolaversa, unga faqat pul emas, o'z mavqei saqlanib qolishi ham kerak. Lekin "Real" bu yozda katta transferlar qilmoqchi. Beyldan keyin, 5 yildan beri jamoaga biron katta yulduz olib kelinmadi, Ronaldu esa shartnomasi yakunigacha (2021 yil) 36 yoshni qoralab qo'yadi. Tarkibning boshqa futbolchilari ham qariydi. Shuning uchun tarkibni hozirdan yangilash va yangi etakchilarni aniqlab olish kerak. Ronalduni sotib yuborish esa bu vaqtda ikki tomondan eng to'g'ri qaror bo'ladi - birinchidan yangi futbolchilar uchun joy ochiladi, ikkinchidan uning transferdan tushgan pul yangi futbolchilar uchun qo'shimcha mablag' bo'ladi. Ayni vaqtda Madrid Neymar yoki Kilian Mbappedan birini o'ziga chorlamoqda.

Turinga yo'l

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?

Ko'rinishidan, 100-120 million evro atrofidagi mablag'ni to'lashga "Yuventus" ham qodir. Aniqrog'i, bu pulni to'lashga ko'p jamoaning qurbi etadi, ayniqsa, Neymarning o'tgan yil yozida 222 million evro evaziga "PSJ"ga transferidan keiyn 100 million evrolik narx arzon narxga aylanib qolgan. Ammo, Ronalduning o'zi Turinni tanladi.

Sabablar ko'p: birinchidan, Krishtianuda o'zini Turinda EChL chorak finalidagi gollaridan keyin olqishlagan "Yuventus" muxlislari katta taassurot qoldirgan. "Santyago Bernabeu"da madridlik muxlislar uni kamsitib, "Messi, Messi" deya hayqirib turar ekan, "Yuventus" muxlislari uning uchun yupanch bo'lgani shubhasiz. Ronaldu flesh-intervyularidan birida bolaligida "Yuve"ning o'yinlaridan zavqlangani, keyin ham bu jamoa muvaffaqiyatlarini kuzatib borganini aytib o'tadi.

Ikkinchidan, Ronaldu Neymardan farqli ravishda faqat pul sanamaydi, balki o'z obro'sini ham o'ylaydi. Arablarning Parijdagi loyihasi qachondir o'zini oqlar va bu jamoa ham qachondir Evropaning bosh sovrinini qo'lga kiritar, ammo bugun yoki ertaga emas. Portugaliyalik futbolchining ambiTsiyalarini bu jamoa qondira olmaydi. Unga aniq maqsad va imkoniyatlar kerak. "Real" bilan dunyodagi barcha sovrinlarni yutgan futbolchi shu bilan to'xtab qolishni istamaydi. U keyingi 4 yilda ikki marta EChL finaliga chiqib, mag'lub bo'lgan «Yuventus» muxlislarini orzusiga etkazishni istaydi. Italiyada Ronalduga 30 million evrolik maosh vada qilishmoqda, bu "Real" tomonidan vada qilingan, ammo to'lanmagan maoshdir. Parijda esa unga yiliga 45 million evro to'lashga ham tayyorlar.

Marca malumotiga ko'ra, jahon chempionatini erta yakunlagan Ronaldu oxirgi kunlarda Turindan o'ziga uy izladi va topdi ham. Endi u «ola-bula» forma kiyishi qolgan. Ronaldu avval ham shunday formada o'ynagan - "Nasonal"da. Yana shunday bo'ladimi? Tez orada bilib olamiz.

Madrid qiroli jamoadan ketadimi?

"Tribuna" nashri asosida www.hala-madrid.uz uchun maxsus!


Muallif: El Capitano

» Teg: Krishtianu Ronaldu |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.