Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Rasman: "Real"ni tarketgan Ronalduning xayrlashuv maktubi"


Portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu Madrid klubini tark etishi arafasida muxlislarga xayrlashuv xatini yozdi.

«Real Madrid» va Madrid shahridagi o'tkazgan yillarim, balki, hayotimdagi eng baxtli damlari edi.

Klub, muxlislar va shahardan juda minnatdorman. Muhabbatingiz va menga bo'lgan etiboringiz uchun rahmat aytmoqchiman.

Ammo hayotimdagi yangi bosqichni boshlash fursati yetdi deb o'ylayman. SHu bois klubdan meni qo'yib yuborishni so'radim. Bu mening istagim va shu bois barchadan, ayniqsa muxlislardan meni tushunishlarini so'rab qolaman.

Birgalkda ajoyib 9 yilni o'tkazdik. Bu g'aroyib 9 yil edi. Bu bosqich qiyinligiga qaramay qiziqarli va shiddatli bo'ldi, sababi «Real»dagi talablar va majburiyat juda ulkan. Ammo ushbu g'aroyib tarzda futboldan zavq olganimni hech qachon unutmayman.

Maydonda va kiyim almashtirish xonasida ajoyib sheriklarim bor edi. Qoyilmaqom muxlislarimizning madadini doim his qilganman, birgalikda besh yilda 4 marta va uch bor ketma-ket ECHLda g'olib bo'ldik. Ular bilan birga to'rtta «Oltin to'p» va uchta «Oltin butsa»ga ega bo'ldim.

«Real» – katta va o'zgacha klub. U mening va butun oilamning yuragini zabt etdi. Hozir oldingidan ham ko'ra ko'proq barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman: butun klubni, prezidentni, rahbarlarni, sheriklarimni, barcha murabiylarni, shifokorlarni, fizioterapevtlarni va mayda detallarga etibor qilib klub faoliyatida katta o'rin tutadigan barcha ajoyib xodimlarga rahmat.

Ko'p o'yladim va yangi davr uchun vaqt kelganini tushundim. Ketayapman, ammo qayerda bo'lsam ham bu futbolka, bu emblema va «Santyago Bernabeu» men uchun qadrli bo'lib qoladi.

Barchaga rahmat. Albatta 9 yil oldin ushbu stadionda ilk bor aytganimdek, takrorlayman: ¡Hala Madrid!


Rasman: "Real"ni tarketgan Ronalduning xayrlashuv maktubi"

Manba: www.twitter.com


Muallif: El Capitano

» Teg: Krishtianu Ronaldu, Real Madrid, Yuventus |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.