Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Eshitdik-da: "Real" shu yozda Belgiya termasining ikki yetakchisini olmoqchi"


"Real" yozgi transferlar vaqtida "Chelsi"ning ikki nafar belgiyalik futbolchisini o'ziniki qilishni rejalashtirgan bo'lishi mumkin.

"HLN" nashri bergan malumotiga ko'ra, yozda darvozabon Tibo Kurtua va hujumchi Eden Azar Madridga kelishi kutilmoqda.

Shu bilan birgalikda, londonliklar klubida bu etakchilarini sotish rejasi yo'q. Azar uchun 225 million evrolik narx belgilab qo'yilgan, darvozabonning shartnomasida 30 million evrolik badal puli (uning shartnomasi keyingi yil yozida tugaydi va shartnoma uzaytirilmagan).

Azarga Ispaniyaning boshqa bir grandi - "Barselona"da ham qiziqish mavjud.

Futbolchi biroz avvalroq klubini o'zgartirishga qarshi bo'lmasligi haqida gapirgandi.

Ayni vaqtda 27 yoshda bo'lgan futbolchi o'tgan mavsumda "Chelsi"ning barcha turnirlar doirasidagi 51 o'yinida ishtirok etgan va 17 gol urib, 13 golga uzatma bergan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Tibo Kurtua, Eden Azar, CHelsi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Roma"ga qarshi bahsda 2-golga uzatma bergan Benzema eng yuqori (8.9) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..