Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Bernabeu Modrichni olqishlarga burkadi


Xabaringiz bor, "Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich jamoadan ketishga qatiy qaror qilgan.

Florentino Peres uni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi ikkinchi futbolchisiga aylantirishga tayyor ekaniga qaramasdan, Italiya chempionatiga yo'l olmoqchi ekani aytilmoqda.

Kecha tarqalgan xabarlarda xorvatiyalik futbolchi Xalqaro Chempionlar kubogi doirasidagi "Atletiko" – "Inter" bahsidan so'ng (0:1) yakuniy bir qarorga kelishi aytilgandi. Biroq hozircha bu borada biror yangilik ko'zga tashlanmayapti.

Modrich kecha Santyago Bernabeu kubogi doirasidagi "Milan"ga qarshi o'yinda 76-daqiqada Isko o'rniga maydonga tushirildi. Bu almashtirishni stadion suxandoni elon qilganida madridlik muxlislar Lukani olqishlarga ko'mib tashlashdi. Shundan so'ng ham o'yinning qolgan vaqti davomida har safar to'p Lukaga kelib tushganida uning ismini baralla aytib, qo'llab-quvvatlab turishdi.

Bu transfer atrofidagi xabarlardan yana biri – "Inter" bosh murabbiyi Luchano Spallettining intervyusi bo'lib, unda murabbiy Modrichni o'z jamoasida ko'rishdan baxtiyor bo'lishini bayon etgan.

"Hammasi nima bilan yakun topishini bilmayman, biroq Chempionlar ligasida g'olib chiqib, Jahon chempionati finalida o'ynagan Modrichdek futbolchi "Inter" safida bo'lishni istayotgan ekan, bundan faqat xursandman.

U klubimiz libosini kiyishni istayotgani meni quvontirmoqda. Biroq menimcha, bunday futbolchini qo'lga kiritish anchagina qiyin ish. Luka «Inter»ga o'tadi, deb o'ylamayman, boisi u hamon «Real»ga kerak",
- degan Spallettining so'zlarini keltirib o'tdi "Sky Sport Italia" nashri.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnoma muddati 2020 yilgacha mo'ljallangan.


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Luka Modrich
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.