Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Lopetegi: "Navas va Kurtuaning borligi muammo emas, aksincha..."


"Real Madrid" ustozi Xulen Lopetegi jamoada ikki yuqori klassdagi darvozabonlar Keylor Navas va Tibo Kurtua borligini ijobiy baholashini aytib o'tdi.

Murabbiyning "Milan" bilan bahsdagi matbuot anjumanidan keyingi ushbu fikrlarini "Marca" nashri chop etdi.

Eslatib o'tamiz, Santyago Bernabeu kubogi uchun kechgan o'yinda 3:1 hisobi bilan mezbonlarning qo'li baland keldi. Madridliklar safida Benzema, Beyl hamda Mayoral gol kiritgan bo'lsa, mehmonlardan Iguain o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Asosiy tarkibda harakat qilgan Navas o'rniga 78-daqiqadan boshlab Lunin darvozani qo'riqladi.

"Navas va Kurtuaning borligi muammo emas, aksincha, bu muammoni echishning ikki ajoyib varianti. Asosiy tarkib uchun raqobat katta, bu esa jamoa uchun foydali", - deya qayd etib o'tdi Lopetegi.

Murabbiy, shuningdek, 2-daqiqadayoq hisobni ochgan Karim Benzema va Garet Beyl haqida ham ijobiy fikr bildirgan.

"Benzemadan mamnunmiz, u mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatmoqda. Hozir u opmital sport formasida. Faqat gol urish orqali emas, boshqa tomonlama ham bizga ko'p yordam bermoqchi.

Avvalgi mavsumlar haqida gapirishni istamayman. Bugun men ko'rib turgan Beyl klubdagi faoliyatidan xursand. Uning maydondagi poziTsiyasini o'zgartirmoqchimiz. Bu hali to'la amalga oshganicha yo'q, biroq u yaxshi mashg'ulot o'tamoqda", - dedi Lopetegi.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.