Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real Madrid" bilan mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etgan yarim himoyachi Martin Edegor UEFA Superkubogi uchun 15 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Atletiko"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan.

"Marca" nashri xabariga ko'ra, ushbu 19 yoshli norvegiyalik futbolchi yaqin kunlarda yangi jamoa safida paydo bo'ladi.

Ayni vaqtda Ispaniya primerasiga qaytgan "Valyadolid" klubi futbolchini ijaraga olish istagini bildirgan.

Martin Edegor 2015 yilning qishida, katta shov-shuvlar bilan Madridga kelgandi. Ammo u jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi - asosiy jamoada faqat ikki o'yinda ishtirok etdi.

Futbolchi o'tgan mavsumni Niderlandiya chempionatida, "Xerenven" safida ijarada o'tkazib qaytdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan.

Manba: www.tribuna.uz




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.