Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Madridning "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi UEFA Superkubogidagi "Atletiko"ga qarshi bahsdan keyin (2:4) shogirdlarining qo'shimcha bo'limlarda charchab qolishganini o'tkazib yuborilgan uchinchi gol bilan bog'lab tushuntirdi.

Bu haqida Sports.ru internet sport sayti xabar bermoqda


"Bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan etarlicha foydalana olmadik.

Beyl haqida nima deb o'ylaysiz? U hammasini yaxshi boshlagandi, biroq keyin...

Nazarimda, u juda yaxshi to'p surdi. Mavsumning bu bosqichida eng optimal sport formasida bo'lmasligi tabiiy hol. U kelgusida yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishiga umid qilamiz.

O'yinda sizni eng ko'p norozi qilgan holat nima?

Biz mag'lub bo'ldik, albatta, mana shundan xafsalam pir bo'ldi. Biz to'rtta gol o'tkazib yubordik. Bu normal holat emas, bunday bo'lmasligi kerak.

"Atletiko" jismoniy tomondan yaxshiroq tayyorgarlikka ega edimi? Qo'shib berilgan bo'limlarda ular yaxshiroq o'ynashdi.

Uchinchi gol bizni ancha zaiflashtirdi. Ruhiy bosimdan chiqa olmadik. Gol urishni juda xohlagandik, biroq buning o'rniga yana bitta gol o'tkazib yubordik. Shu bilan barchasi tugadi.

Zidan qo'l ostida "Real" ketma-ket 3 mavsum EChL chempioni bo'lgandi. Jamoa sovrinlarga to'yib qoldimi?

Ko'pchilik shunday deb hisoblayapti, biroq biz diqqatimizni shu mavsumga qaratishni va oldin nima bo'lganini o'ylamaslikni istaymiz. Ertaga uyg'onib, Ispaniya chempionati haqida o'ylashimiz kerak. Futbolchilar katta sovrinlarga to'yib qolishgan", - deb o'ylamayman deydi Lopetegi


Manba: www.tribuna.uz




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.